Haqiqat mezoni — ilm, adolat va ishonchli manbalardir

0
109

#Raddiya
#Maqola

Bugungi kunda ayrim kishilar tashqi ko‘rinishlari orqali boshqalarga ta’sir o‘tkazishga urinishmoqda. Soqol qo‘ygan, salla o‘ragan, chakmon kiygan odamni ko‘rib, ba’zilar darrov uni din ahli, sunnatga qat’iy amal qiluvchi deb o‘ylab qolishadi. U kishi nima desa ham, to‘g‘ridir deb qabul qilishadi. Aslida esa, bu katta xato.

Shayx Saloh Abul Hoj hafizahulloh bu borada quyidagicha ogohlantiradilar:

«Ba’zilar odamlarni o‘zining soqoli, sallasi, chakmoni bilan aldaydi. Hamma uni sunnatga muvofiq yurar ekan deb, aytgan gapi voqelikka zil bo‘lsa ham, mana shuni shariat deb o‘ylaydi. Karabsizki, o‘sha odam turli masalalar haqida gapirib, fatvo beraveradi.» «HANAFIY MAZHABIGA TERAN NIGOH» kitobidan
Tashqi ko‘rinish — haqiqat mezoni emas. Dinni tushunishda, fatvo berishda ilm va adolat kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

“Kim bilmagan holda fatvo bersa, jahannamga yetaklovchilardan bo‘ladi.”
(Abu Dovud rivoyati)
Yana bir hadisda:

“Agar ish egasiga emas, begonasiga topshirilsa — qiyomatni kutavering.”
(Buxoriy rivoyati)

Shuning uchun har bir musulmon hushyor bo‘lishi kerak. Dinni har kimdan emas, ilmli, e’tiborli, adolatli kishilardan o‘rganish lozim. Soqol, salla — sunnat, ammo bu bilan birga ilm va mas’uliyat ham bo‘lishi kerak. Tashqi ko‘rinishga qarab odamga baho berish xato. Haqiqat mezoni — ilm, adolat va ishonchli manbalardir. Dinni o‘rganishda ham, amal qilishda ham shoshilmaslik, chin dildan izlanish kerak.

Ta’lim muassasi Aqoid va Usul fiqh fani o’qituvchisi Abdulhamid domla Abdullayev

Load More In RADDIYA