TAHORATDAN KEYIN SHAHODAT KALIMASINI AYTISH

0
516

#Sunnatlarning_fazilati

12-Sunnat

TAHORATDAN KEYIN SHAHODAT KALIMASINI AYTISH

Ozginagina kalimalar tufayli sizga Jannat eshiklari ochiladi, siz esa xohlaganingizdan kirasiz! Bu ham sizdan 10 daqiqadan ortiq vaqtni talab qilmaydigan ulug‘ va sunnati nabaviyadir. Buning uchun esa yaxshilab tahorat olgandan keyin tavhid shahodatini aytsangiz kifoya.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlardan biringiz yaxshilab tahorat olib, so‘ng: «Ashhadu alla ilaaha illalloohu vahdahu laa sharika lah.
Va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu Va rosuuluh»desa, unga Jannatning sakkiz eshigi ochiladi, ularning xohlaganidan kiraveradi”, dedilar».
(Imom Muslim rivoyati)

Tahoratni yaxshilab qilish deganda uning mukammal va to‘liqligi tushuniladi. Agar yaxshilikni ziyoda qilaman desangiz, tahoratdan so‘ng ushbu kichik duoni ham kanda qilmang:

«Allohumma ij‘alni minat-tavvaabiin vaj‘alni minal-mutatohhiriin»

Ma’nosi: «Allohim, meni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qilgin»
(Imom Termiziy rivoyati)

Shiorimiz — Alloh taoloning ushbu so‘zini unutmang:

«Agar Unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz»
(Nur surasi, 54-oyat

  • АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА…

    АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА… Довуд алайҳиссалом Аллоҳ таолонинг ҳузуридаги савоблар тортил…
  • Ishonch

    Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani kushxonaga so‘ygani olib borishdi. Tuya ku…
  • Yurakni pok tutish – iymon alomatidir

    #Maqola Islom dinida inson faqat ibodatlari bilan emas, balki ichki axloqi bilan ham yuksa…
Load More In ОДОБ