Talabalarga ekskursiya tashkil etildi

0
715


2025 — yil 13 fevral kuni Andijon
«Sayyid Muhyiddin maxdum»oʻrta  maxsus ta’lim muassasasi 1- kurs talabalari ishtirokida 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Bogʻi  Boburdagi Zahiriddin Muhammad Boburning muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Ma’naviy va ma’rifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodirbek domla Jamolov talabalarga Boburning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berib oʻtdi. Bilim yurti talabalari ushbu tashrif davomida buyuk iste’dod sohibi, shoir, davlat arbobi, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Load More In MАЪНАВИЯТ РУКНИ