Tashqaridan ko‘ringan o‘lim

0
57

Qorinda to‘plangan gazlar jasadni shishirib yuboradi va bu shish butun vujudga yoyilib, badanni tanib bo‘lmas holga keltiradi.Keyin esa bu gaz bosimi sababli og‘iz va burundan qonli ko‘piklar kela boshlaydi.Chirish tezlashgani sari butun killar, tirnoqlar, qo‘lu oyoq o‘z joyidan ajraladi.Bu tashqi jarayonlar bilan ayni vaqtda ichki organlarda ham (o‘pka, yurak va jigarda) chirish boshlanadi.Shundan keyin esa eng qo‘rqinchli holat yuz beradi: qorin qismiga to‘plangan gazlar terining zaif nuqtasidan yorib chiqadi va badandan chidab bo‘lmas darajada badbo‘y hid tarqaladi (inson o‘ligining hidi dunyodagi eng jirkanch hiddir).Bu vaqt ichida bosh va qolgan bo‘g‘imlar ham o‘z joyidan ajraladi. Teri va yumshok qismlar titilib, butunlay to‘kilib tushadi va skelet ko‘rina boshlaydi.Miya tamoman chirib, kil ko‘rinishini oladi, suyaklar bo‘g‘imlardan ajralib, skelet parchalana boshlaydi.Bu holat jasadning bir uyum tuproq va chirigan suyaklar holiga kelguniga qadar davom etadi.Bir umr «Men» deb kelganingiz jasad shu tariqa qo‘rqinch va jirkanch bir holatda yo‘q bo‘lib ketadi.  Yorug‘ olamda qolgan yaqinlaringiz esa siz uchun qo‘ylar so‘yib, hali yigirma, qirq, ellik ikki, qoryog‘di, hali hayitu yiloshi deb, ziyofatlar qilisharkan, qabrdagi qurt-qumursqalar, bakteriyalar sizning ich-etingizni kemirishadi.Agar bir halokat tufayli o‘lib, tog‘u toshda ko‘milmasdan qolib ketsangiz bormi, yanada qo‘rqinchli bir manzara yuzaga keladi. Badaningiz issiq kun tig‘ida qolgan go‘sht kabi qurtlab ketadi va bir necha kun ichida qurtlar uyasiga aylanadi. Qurtlar et qoldig‘ini oxirigacha tamomlamaguncha, skelet ichida kezadi.  Shu tariqa «Eng mukammal va chiroyli bichimda» yaratilgan inson hayoti eng ayanchli bir holatda nihoyasiga yetadi.Xo‘sh nima uchun shunday bo‘ladi?Inson vujudi Yaratganning xohishi bilan o‘lgandan keyin shu holga keltiriladi. Bu ishning buyuk bir ma’nosi bordir. Inson, o‘zining aslida shunchaki bir badan emasligini, aksincha badani o‘ziga kiydirilgan o‘tkinchi bir g‘ilof ekanligini mana shu qo‘rqinchli nihoyani ko‘rib, anglashi, o‘limdan keyin ham bir borliq, hayot borligini his etmog‘i lozim. Parvardigor o‘zini faqatgina et va suyakdan iborat deb bilgan insonga buning aldanish ekanligini bildirmoq uchun shunday bir ibratli yakun tayyorlagandir.Inson o‘z badanining o‘limini ko‘ra bilishi, bu o‘tkinchi dunyoda xuddi abadiy qoladigandek egalik qilgan va butun orzu-nafsiga bo‘yin eggan badanining oqibati haqida o‘ylashi lozim. Alaloqibat, u badan qaro tuproq ostida chiriydi, qurt-qumursqalarga yem bo‘ladi va skeletga aylanadi…

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Sirojiddin domla Ahmadaliyev tayyorladi

Load More In МАҚОЛАЛАР