📚YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR!

0
14

#SayyidMuhyiddinMaxdum #YangiOquvYili #IlmVaMarifat #Maxdumuz

🕌Sayyid Muhyiddin Maxdum o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2026–2027 o‘quv yili boshlandi.

Ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ochilish suhbati tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Unda ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zosi Mirzamaqsud domla Alimov, mudarrislar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Ochilish suhbatida yangi o‘quv yilining maqsad va vazifalari, talabalarning ta’lim-tarbiyasi, ilm olishdagi mas’uliyati hamda kelgusidagi faoliyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

🤲Yangi o‘quv yili barchamiz uchun ilm, ma’rifat, ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar yili bo‘lishini tilaymiz!

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN