“Fiqh va zamon” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
119

📚 “Fiqh va zamon” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus ta’lim muassasasida Noyabr «Fiqh va usulul fiqh» fani oyligi munosabati bilan 3-kurs talabalari uchun “Fiqh va zamon” mavzusida mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Nodirbek domla Jamolov, shuningdek, mudarrislar O.Sottorov, A.Furzulov va M.Maxmudovlar ishtirok etib, talabalarga fiqh ilmining zamonaviy hayotdagi ahamiyati, yoshlar uchun zarur bo‘lgan amaliy masalalar haqida fikr almashdilar.

Talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazilib, mavzu yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

📌 Tadbir talabalar uchun ilmiy-ma’naviy jihatdan foydali bo‘ldi.

🌐 Maxdum.uz —diniy  maʼrifiy kanal!

Load More In ФИҚҲ