Ochiq dars

0
83

Bugun, 2025-yil 26-may kuni,
«Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Aqoid fani, “Barzax hayoti va qabrdagi savol-javob” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Darsni Aqoid fani o‘qituvchisi Botirjon domla Tojiboyev olib bordilar. Dars davomida barzax hayotining haqiqatlari, qabrdagi savol-javoblarning mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ushbu mavzuga oid noto‘g‘ri e’tiqoddagi oqimlarga asosli raddiyalar ham berildi.

Ochiq dars pedagogik malaka va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori saviyada tashkil etildi. Talabalar dars jarayonida faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashdilar.

Dars jarayonini tahlil qilishda O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari A. Abduvohidov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari N. Jamolov hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i O. Iminov faol ishtirok etdilar.

Load More In АҚИДА