ODOB ЯНГИЛИКЛАР «SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalarning kasbiy mahorati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Ilm millatni yuksaltiradi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 20 сентября, 2026 0 8 #Davra_suhbati #Kasbiy_mahorat #Ustoz_nasihati Mazkur suhbatda Asaka tumani bosh imom-xatibi Raximov Olimjon domla ishtirok etib, talabalar bilan mazmunli va samimiy muloqot olib bordilar. Suhbat davomida ilm-ma’rifatning inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va millat ravnaqidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar uchun ushbu uchrashuv katta ilmiy va ma’naviy ozuqa bo‘lib, ularni diniy masalalarda hushyorlik, mas’uliyat va ilmga tayanib ish tutishga undadi.