BILIM YURT HAYOTIDAN “USTOZ — HAYOT YO‘LINING CHIROG‘I” 22 октября, 2026 0 15 “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — hayot yo‘lining chirog‘i” mavzusida axborot va murabbiylik soati tashkil etildi. 🌿Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning ilm-ma’rifat yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnati, shuningdek, ustozga hurmat va ehtirom ko‘rsatishning yuksak qadriyat ekani haqida mazmunli suhbat olib borildi. 🎙Suhbatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nodirbek domla Jamolov, Ta’lim sifatini ta’minlash sektori rahbari, fiqh fani mudarrisi Oybek domla Sattorov, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Abdulloh domla Rasulov hamda ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etdilar. ✨ Ustoz — qalblarga ilm nurini, hayotga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi buyuk yo‘lchi! Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 📸Bilim yurti matbuot xizmati!