Ishonch

0
240

Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani kushxonaga so‘ygani olib borishdi. Tuya kushxonaga kirmadi. Qaysarlik qilib oyoq tirab oldi. Barcha urinishlar bekor ketdi.

Tajribali bir kishi kelib qolib tuyaning egasini chaqirib kelishlarini, faqat u tuyani kushxonaga olib kira olishi mumkinligini aytdi.

Tabiiyki, tuyaning egasi keldi. Arqondan ushlab sekin kushxona sari tortdi. Tuya sekin yurishni boshladi va kushxonaga kirdi. Qassoblar darrov pichoqlarini hozirlab tuyani so‘ymoqchi bo‘lishdi. Ammo tuyaning egasi ularga dedi:

— Do‘stlar! Menga ishonib mening izimdan yurgan hayvonga men qanday qilib xiyonat qilaman?! Axir bu tuya menga ishondi-ku!

Tuyaning egasi ularning roziligi bilan pulni qaytarib berdi va tuyani olib ketdi. So‘ngra o‘ziga jonini ishonib topshirganlarga umuman xiyonat qilmaslikka qasam ichdi!

Sizga ishonganlarga xiyonat qilmang. Aldamang ularni. Xiyonat bu nomussizlik, razolat va pastkashlikdi
Bu hikoya bizga juda chuqur haqiqatni eslatadi: ishonch — Allohning bandaga bergan eng nozik va eng buyuk omonatidir. Tuya egasining hayvonga xiyonat qilolmagani — Allohdan qo‘rqish, qalb pokligi va omonatga vafodorlikning chiroyli namunasi.

Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

«Albatta, Alloh sizlarga omonatlar va’dalarni o‘z egalariga ado qilishingizni buyuradi.»
(Niso surasi, 58-oyat)

Tuya egasi puldan, manfaatdan voz kechdi. Chunki u bilardi:
Omonatga xiyonat qilish — Allohga itoatsizlikdir.
Ishonchni saqlash — mo‘minning eng ulug‘ sifatlaridan biridir.
Mo‘minning ulug‘ligi — uning sadoqatida, va’daga turishida, omonatni asrashidadir.

Shu bois haqiqiy mo‘minning yo‘li — ishonchni saqlash va Allohdan qo‘rqib xiyonatdan yiroq turishdir.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus 

islom ta’lim muassasasi mudarrisi A.Suyarov tarjimasi

Load More In ОДОБ