ҲАДИС hadisisharif 5 сентября, 2025 0 144 #hadisisharif Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: «Albatta, rostlik yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik esa jannatga eltadi. Kishi rost gapirishda davom etsa, u Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘on esa buzuqlikka olib boradi, buzuqlik do‘zaxga eltadi. Kishi yolg‘onda davom etsa, Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi.»(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati) Bu hadisdan ko‘rinadiki, rostgo‘ylik insonni faqatgina odamlar oldida obro‘li qilmaydi, balki oxiratda ham najot topishiga sabab bo‘ladi. Yolg‘on esa qalbni xira qilib, insonni halokat sari yetaklaydi. Har bir musulmon rost so‘zlashni odat qilishi, yolg‘ondan esa butkul yiroq bo‘lishi lozim.