Arab tilidagi afzallik

0
132

E’rob (fleksiya) arab tilining o‘ziga xos bir belgilaridan biridir. Arab tilida  E’rob (fleksiya)dan ko‘zda tutilgan bir qancha maqsad va vazifalar hamda foidalar bor. Qolgan o‘zgarmas tillarda bunday bir so‘zdagi pur ma’nolikni uchratmaymiz. Agarda siz : “E’rob (fleksiya) tilni o‘rganishdagi qiyinchilikka va uni talaffuzidagi chigallikka olib boradi. Qolgan o‘zgarmas tillar iste’mol va o‘rganish jihatdan achagina qulaydir”, deb o‘ylasangiz, siz arab tilidan bir necha so‘zlarni olingda, ularni har birini uch xil grammatik o‘rinda raf (bosh kelishik), nasb (tushum kelishik), jar (qaratqich kelishik)da foydalaning. Bu tilni iste’mol va o‘rganish jihatdan qulayligini bir nishonasidir.

Darhaqiqat, so‘z yasashda so‘zning oxiri o‘zgarmasdan qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadigan tillar iste’mol va o‘rganish jihatdan eng qulay va yengildir. Lekin bu yengillik har doim tilda afzallik va o‘ziga xos xusisiyat bo‘lib kelganmi? Qulaylik har doim afzallikmi?  Agar sizda ikkita qurilma bo’lsa, masalan ikkita kir yuvish mashinasi, yoki ikkita kompyuter yoki shunga o’xshash narsalar, ulardan biri boshqasidan murakkabroq va qiyinroq. Shu bilan birga uning qiyinligiga mos keladigan foydasi ham bor. Bu murakkablikda  biror naf va foyda bo‘lmasa inkor etib bo’lmaydigan nuqson va kamchilik bo‘ladi. Demak, osonlik har doim o’lchov, mezon emas, balki foyda o’lchovidir. Til faqat inson tafakkuri va qalbidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu e’tibordan o‘z ma’nolarni ifodalashda daqiq, ko‘lami keng, dalolati umum bo‘lgan til to’g‘riroq va maqbulroq bo‘ladi.

Arab tilida so‘z grammatik o‘rni o‘zgarishi bilan, u ifoda qilayotgan ma’no ham o‘zgarib boradi. Ayrim iboralarni faqat e’rob (fleksiya) yordamida tushunish mumkin. Fleksiyaviy har qanday o‘zgarishdan keyin ma’no o‘zgarishi kuzatiladi.

Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltiramiz:

كيف أنتَ و محمدٌ ؟ — Sen  va Muhammad qanday?

كيف أنتَ و محمداً ؟  — Sen bilan Muhammad o‘rtasidagi aloqa qanday?

Bir xil ko‘rinishdagi so‘roq gap. Avvalgi gapda ikkinchi shaxs va Muhammadning hol-ahvoli so‘ralmoqda. Ikkinchi gapda esa, ikkinchi shaxs va Muhammad o‘rtasidagi aloqa haqida so‘ralmoqda.

صبرٌ جميلٌ – matonatli sabr qilish!

صبرا جميلا – biroz vaqt chiroyli sabr qilish!

(الصبر) – Sabr so‘zi yuqoridagi ikki gapda shaklan bir xil bo‘lsada, ma’no jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bu ma’no o‘zgarishiga fleksiyani o‘zgarishi ta’sir qilmoqda. Bosh kelishik bilan ifoda qilingan gapdagi sabr uzluksiz, davomiy sabrga chorlaydi. Tushum kelishigi bilan ifoda qilingan gapdagi sabr esa, ma’lum bir vaqt  sabr qilishga undaydi.

Manbalar asosida Andijon

“Sayyid Muhyiddin maxdum”

o’rta maxsus islom bilim yurti

mudarrisi Abdulaziz Furzulov tayyorladi

Load More In АДАБИЁТ