Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning viqorlari va majlis odoblari

0
226

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z majlislarida odamlarning eng haybatlisi edilar. O‘tirganlarida ortiqcha harakat qilmas, qo‘l-oyoqlarini ortiqcha qimirlatmas edilar. Ko‘p hollarda tizzalarini muborak ikki qo‘llari bilan jamlab o‘tirar edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko‘p sukut saqlar, zarurat bo‘lmasa gapirmas edilar. Biror kishi yaxshi boʼlmagan gaplarni gapirishni boshlasa, undan yuz o‘girar edilar. So‘zlari lo‘nda bo‘lib, ortiqcha so‘z ishlatmas, ma’noni ham nuqsonli qoldirmas edilar. U zotning huzuridagi sahobalarning kulgusi u zotga bo‘lgan ehtiromlari sababli faqat tabassum bo‘lardi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning majlislari muloyimlik, hayo, yaxshilik va omonat majlisi boʼlar edi. Majlisda ovozlar baland ko‘tarilmas, yomon gaplar aytilmas edi. U zot gapira boshlaganlarida, sahobalar go‘yo boshlariga qush qo‘ngandek (uni uchirib yubormaslik uchun), butun vujudlari bilan quloq tutishar edilar.

Ibn Abu Hola aytadilar: “U zotning sukut saqlashlari halimlikka, ehtiyotkorlikka, vaziyat taqozosiga va tafakkurga koʼra edi.”

Oisha onamiz aytadilar: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dona-dona qilib gapirar edilarki, agar tinglovchi u zotning so‘zlarini sanamoqchi bo‘lsa, bemalol sanay olardi.”

Ta’lim muassasi 2-kurs 

91-guruh talabasi Sodiqov Dostonbek

 

 

 

Load More In СИЙРАТ