BILIM YURT HAYOTIDAN “MUSTAQILLIK DARSLARI” — YANGI O‘QUV YILINING ILK SABOG‘I 20 сентября, 2026 0 11 #MustaqillikDarsi #YangiOquvYili #SayyidMuhyiddinMaxdum #IlmVaMarifat Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilining ilk kunida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Darslar davomida talabalarga Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, diniy-ma’rifiy soha va ta’lim tizimida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat bilan xizmat qilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Zero, mustaqillik — bu nafaqat buyuk ne’mat, balki uni asrab-avaylash, ilm-ma’rifat bilan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdek ulkan mas’uliyat hamdir. 📚 Ilk o‘quv kunining ana shunday mazmunli va ruhiy-ma’rifiy saboq bilan boshlanishi talaba-yoshlar uchun yangi o‘quv yiliga munosib ruh va yuksak maqsadlar baxsh etdi. Yangi o‘quv yili barcha ustoz va talabalarimiz uchun ilm, ziyo, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!