BILIM YURT HAYOTIDAN «Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi» 22 октября, 2026 0 12 «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus ta’lim muassasasining ijarada yashovchi talabalari holidan xabar olindi. 🕌 Ta’lim muassasasi xodimlari A. Rasulov hamda M. G‘aniyev talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda bo‘lib, ularning yashash sharoiti, kundalik turmushi, darslarga tayyorgarligi hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat davomida talabalarga odob-axloq, tartib-intizom, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati