Qur’onning ilmiy mo‘jizalari: Zamonaviy ilm-fan bilan uyg‘unligi

0
56

 

 

Qur’on ilohiy kitob sifatida nafaqat ruhiy va axloqiy yo‘l-yo‘riq beradi, balki unda keltirilgan ba’zi oyatlar zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ham uyg‘un. Masalan, Alloh taolo Qur’onda bir necha asr ilgari insonning rivojlanish jarayoni haqida shunday dedi: «So’ngra Uni tomchi qilib, mustahkam qarorgohga joylashtirdik. Keyin tomchini laxta qonga aylantirdik, so‘ng laxta qonni bo‘lak go‘sht qildik, go‘shtni esa suyaklarga aylantirdik…» (Mu’minun surasi, 12-14 oyatlar). Bu jarayon zamonaviy embriologiya bilan to‘la uyg‘un keladi.

Shuningdek, Qur’on osmonlarning kengayib borishini ham eslatadi: «Biz osmonni qudrat bilan bino qildik va uni kengaytirmoqdamiz» (Zoriat surasi, 47-oyat). Bu esa XX asrda kashf qilingan koinotning kengayishi haqidagi ilmiy dalillar bilan mos tushadi.
Qur’onda ilmiy ma’lumotlarning keltirilishi uning ilohiy mo‘jiza ekanini ko‘rsatadi va bu hodisalar bizga Qur’onni chuqurroq tushunish va o‘rganishga chorlaydi.

Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus slom ta’lim muassasasi mudarrisi Muhammadyusuf Abdurahmonov

 

  • Умар розияллоху анҳунинг шижоати

    Умар ибн Хаттоб розияллоху анҳу шундай ривоят килади: «Мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алай…
Load More In ҚУРЪОН ИЛМЛАРИ