Ajdodlarimiz ilmiy merosi va Mustaqil Oʻzbekiston

0
360

Mana bu yil istiqlolimizning  35 yilligini nishonladik. Bu muddat tarix uchun qisqa vaqt boʻlgani holda bu davrda juda koʻp marralarni zabt etdik. Mustaqillik juda koʻp kechinmalarimizni –yoʻqolayozgan ona tilimizni, qadriyatlarimizni,buyuk siymolarimizu ulugʻ ajdodlarimizni kaytarib berdi desak mubolagʻa bulmaydi. Ayniqsa, keyingi oʻn yillikda buyuk ajdodlarimiz yotgan qoʻnimgoxlaru,ziyoratgohlarni obod qilinib qayta tamirlanib islom olamida etirof etiladigan boʻldi.

Xar bir xalq madaniyatining asoslari oʻziga xosligi, xususiyatlari, uning tarixi, rivojlanishi davomida shakllanib boradi. Ularning majmui ushbu madaniyatning milliyligini belgilaydi. Shuning uchun xalqimiz madaniyatining oʻziga xos tomonlari, mazmunini bilish, uning tarixini, oʻtmishdagi rivojlanish davrlarini oʻrganishni  talab qiladi. Hozirgi tarixni bilish uni obektiv yoritishga boʻlgan talabning kuchayishi milliy  madaniyatimizning toʻliq mazmunini, tarixini, yutuqlarini oʻrganishga xam bevosita bogʻliqdir. Bu milliy madaniyatimizning jahon tarixidagi roli va oʻrnini aniqlash uchun xam zarurdur.

Manaviy madaniyat yutuqlari aksari madaniy yuksalish jarayonida vujudga keluvchi va uni ifodalovchi olim-fozil, donishmand, adib, din arboblari va ularning faoliyati, yozib qoldirgan merosi kabilarda aks etib muhrlanib qoladi. Albatta turli ananalar,arxeologik yodgorliklar,buyumlar va boshqalarda ham xalq manaviyati yutuqlari ifodalanadi. Lekin yozma adabiyotlar, qoʻlyozmalar bu jihatdan alohida ahamiyatga egadir.Shuning uchun oʻtmishdagi buyuk siymolar, allomalar asarlarini oʻrganish, hozirda ularni nashr etish,targʻib qilish, yubileylarini oʻtkazish, madaniyat tarixini-manaviy boyligimizni chuqur bilish nihoyatda muhimdir.

Allomalar, buyuk siymolar merosi Markaziy Osiyoda oʻtmishda      ilm- fan, madaniyatning barcha sohalari,tarmoqlari rivojlangani, ularning ijodlari koʻpqirra boʻlganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda din, axloq, insonning madaniy dunyosi, jamoaning hamjihatligi  uni odilona boshqarish, saodat masalalari  muhim oʻrin tutganligidan dalolat beradi.

Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm-fan va diniy qoidalarning bir butunligini tashkil etib,umumiy manaviyat rivoji uchun xizmat qila olishini, foydali boʻlishini isbotlaydi. Fan va din xalq madaniyatining turli sohalari,qismlari boʻlib yagona maqsadga qaratilgan holda bir-birini toʻldirish, xalqni shu yagona maqsadga yoʻnaltirishga xizmat qilishi mumkin

 

Alloh taolo Oʻz diniga ilmni tayanch qildi va ummat orasidan buyuk ulamolarni chiqarib ularning martabasini yuksaltirdi. Ana shu ulugʻ zotlar sababli Quroni karim va hadisi sharif bizga sof holatda etib keldi.     Din ahkomlari saqlandi. Haqiqat botildan ajraldi. Shuning uchun xam muqaddas dinimizda ilm ahliga yuksak maqom berilgan. Ayniqsa Rasululloh sallallohu alayxi va sallamning muborak soʻzlari, amallari va axloqlarini kelajak avlodlarga etkazgan muhaddis ulamolarning xizmatlari beqiyosdir.

 

Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi      (melodiy toʻqqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilgan.Chunki butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar toʻplamining (as-sixox as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Diyorimiz esa ana shunday buyuk muhaddis  olimlar etishib chiqqan muborak diyorlardan biri hisoblanadi. Yurtimizdan etishib chiqqan  imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Dorimiy kabi buyuk muhaddislar oʻz ilmiy faoliyati,olimlik va insoniylik fazilatlari bilan nafaqat yurtimizning, balki butun Islom olamining faxriga aylanganlar.

Ajdodlarimizning ilmiy merosi ruknida boʻladigan suhbatimiz yurtimizdan etishib chiqqan «Amir ul-muminiyn fil-hadis» degan sharafli nomga  sazovor boʻlgan Muxammad ibn Ismoil Buxoriy xazratlari haqida boʻladi.

Bugungi qaxramonimizning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻiyra ibn Bardizba (Bardizbeh)  boʻlib koʻp manbalarda  hijriy hisobda 194 yil Buxoro shahrida tugʻilgan.                    Imom Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida oʻsgan. Imom al-Buxoriyning benazir qobiliyat sohibi ekanliklari bolalik chogʻlaridayoq, ul kishi boshlangʻich maktabda tahsil koʻrayotgan kezlardayoq malum boʻlgan. Alloh subxonahu  va taolo ul kishiga behad keng va ziyrak qalb, kuchli xotira hamda oʻtkir zehn ato etgan edi. U yoshligidan aql-idrokli, ilm marifatga xavasi kuchli boʻlib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa hadis ilmini egallash uchun zoʻr qiziqish harakat qiladi..

Imom al-Buxoriy hadis ilmini endigina oʻrganmoqqa kirishgan kezlarida Muxammad  ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Musnadiy,Ibrohim ibn al-Ashas va boshqalardan talim olganlar. Bu ustozlar oliy maqomga erishgan allomalar boʻlib, koʻplab hadis toliblariga ustozlik qilgan  yirik muhaddislardan edilar. Manbalarda koʻrsatilishicha, u oʻn yoshidan boshlab oʻz yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni , shuningdek Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis toʻplamlarini mutolaa qilib yodlagan ustozi Shayx  Ad-Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizgʻin bahslarda qatnashgan.

Hijriy 825 yili oʻn olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga karab yoʻl oladi. Muqaddas shaxarlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab hadis ilmidan oʻz bilimini  yanada oshirish maqsadida oʻsha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bagʻdod kabi shaharlarda yashab u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham talim oladi. Ilm oshirish maqsadida al-Buxoriy juda koʻp olimlardan talim oladi.

Nishopurlik al-Hakimning yozishicha  ustozlarining soni toʻqsonta atrofida boʻlib ular:Muhammad ibn Yusuf al Gʻaryubiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur boʻlgan. Imom Isxoq ibn Ibrohim,Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardan ilm olgan va hadis yozib olganlar.

Bu xususda ul kishining oʻzlari bunday deb aytgan ekanlar: Men bir ming saksonta ulamodan hadis yozib oldim.ularning orasida hadis ilmini bilmaydigan birorta ham shaxs yoʻqdir». Ul kishi yana bunday deb aytgan ekanlar: Men: Iymon  soʻzda ham, amalda xam boʻlmogʻi lozim» deydigan ulamolardan hadis yozib oldim.

Yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi. Ilm toliblariga  dars xam beradi. Imom al-Buxoriy hayotining  koʻp qismi xorijiy ellarda musofirchilikda oʻtdi. U safar chogʻida ham bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlab toʻplagan hadislarini oqqa koʻchirar edi.Buxoriyning  yozishicha Bagʻdodda istiqomat qilgan paytda koʻpincha oyning nurida ijod qilib qorongʻu kechalarda sham yorugʻida kitob yozar ekan.

Arab tarixchisi Shamsuddin Az-Zahabiy «Tariyx ul-Islom» asarida bunday deb yozadilar. Imom al-Buxoriyning toʻplamlari islom kitoblari ichida Allox taoloning Kitobidan keyingi eng buyuk va eng afzal kitob boʻlib, u hozirgi vaqtda insonlar uchun eng katta tayanch boʻlib turibdi.

Alloh subxonahu va taolo Imom al-Buxoriyga aql bovar qilmas darajada kuchli quvvai hofiza va xotira ato etgan ediki, bu borada ul kishiga oʻz davrlarida hech kimsa teng kela olmasdi.

Imom al-Buxoriyning aql bovar qilmas darajada kuchli quvvai hofiza va xotira sohibi boʻlganliklari xususidagi tarixiy malumotlar shu qadar ishonchlik, batafsil va izchilki hatto «Doirat al-maorif al-islomiyya» (Islom entsiklopediyasi) mualliflari -Vensink, Martin, Xoustma, Arnold, Basset, Xartman, Gibb va boshka olimlar ham ul kishini tan olishib: Imom al-Buxoriy quvvai hofizasiga koʻra Allohning erdagi moʻjizalaridan biridir»-deb yozganlar.

Imom Ibn Xuzayma:»Osmon ostida Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan koʻra Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hadislarini bilimdonrogʻi va uni yod oluvchirogʻi boʻlgan kimsani koʻrmadim»-degan ekan.

Ama ibn Ali Fallos: «Imom Buxoriy bilmaydigan har qanday hadis -hadis emasdir»-deb tarif bergan ekanlar.

Imom Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy bunday deb yozadilar: «Imom al-Buxoriy zakovat vujudining ham ilm, vujudining xam boshi edilar:.

Imom Qutayba ibn Saiyd bunday dedilar: «Faqihlar bilan ham, zohidlar bilan xam, obidlar bilan ham hamsuhbat boʻldim. Ammo aqlimni taniganimdan beri Muhammad ibn Ismoildek buyuk zotni koʻrmadim. Muhammad ibn Ismoil oʻzlariga zamondosh barcha ulamolar ichra Xazrat Umar kabidurlar-  degan ekan

Oʻz navbatida al-Buxoriy ham koʻpgina shogirdlariga ustozlik qilgan.Ishoq ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad  al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalif ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi etuk olimlar uning shogirdlaridir.

Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki oʻzining goʻzal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi,himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan.

Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, bir muddat oʻz vatani Buxoroda yashab koʻplab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashgʻul boʻladi. Shundan soʻng Samarqandga yoʻl olib bir muddat Xartang qishlogʻida yashagandan keyin ogʻir kasalga chalinib hijriy 256 yil 60 yoshida, bazi manbalarda 62 yoshida vafot etadi va shu erda dafn qilinadi.

Imom al-Buxoriy vafot etganlarida Yahyo ibn Jafar al-Poykandiy  «Muhammad ibn Ismoilning oʻlimi-ilmning oʻlimi demakdir» — deb aytgan ekanlar.

Xatib al-Bagʻdodiyning aytishlaricha Abdulvohid ibn Odam at-Tavovisiy bunday degan ekanlar: Men tushimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni koʻrdim,bir guruh sahobalari bilan bir erda tek turgan ekanlar.Ul zotga salom berib edim,alik oldilar. Soʻng men: Yo Rasulullox.bu erda ne qilib turibsiz ?. — dedim. Shunda  ul zot:  «Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyni kutib turibman». —  deb marhamat qildilar. Bir necha kundan keyin Imom al-Buxoriyning vafot etganlari haqida xabar keldi.Chamalab koʻrsam ul kishi aynan men Janob Rasulullohni tushimda koʻrgan vaqtda olamdan oʻtgan ekanlar:

Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan boʻlib, u yozgan ilmiy asarlarning soni yigirmatadan ortiqdir.                   Ulardan «Al-jome as-sahih» ,»Al-adab al-mufrad»,»At-tarix as-sagʻiy»,At-tarix al-avsot»,Asomi us-saxoba»,At-tarix al kabir»,Kitob al-ilal»,Barr ul-volidayn»,Kitob al-kuna» va boshqalarni koʻrsatish mumkin.

Bazi malumotlarga qaraganda  imom al-Buxoriy qabrlari yonidagi masjid Buxoro amiri Abdullaxon tomonidan 16 asrda barpo etilgan.

Asrlar davomida nainki Turkiston balki butun dunyo musulmonlarining aziz qadamjolaridan biri boʻlib turgan bu manzilgoh

avval Chor Rossiyasi istilosi, undan keyin shoʻrolar saltanati davrida mutlaqo tashlandiq xaroba ahvolga keltirildi.                              Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan  keyin dastlabki kunlardanoq millatimiz tarixi va jahon ilmi fani taraqqiyotiga ulkan  hissa qoʻshgan allomalarimizning hayotlari, qoldirgan bebaho ilmiy meroslarini oʻrganish, ularning hurmatlarini oʻrniga qoʻyishga alohida etibor qaratildi.

Toshkent shahridagi diniy oliy maxad Imom al-Buxoriy nomi bilan ataldi. Bundan oʻn ikki asr muqaddam ilm-fan yoʻlida beqiyos katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat etiborning ramzidir. Allomaning Samarqand yaqinidagi  Xartang qishlogʻida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va koʻrkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib islom axli va barcha mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgohga aylantirildi.

1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan buyuk hadisshunos allomaning 1225 yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib uning maqbarasi qayta qurildi.

Bu kabi ulugʻ ishlar oʻz-oʻzidan amalga oshmaydi.Buning ortida ajdodlarimiz  ilmiy merosiga yuksak ehtirom va xalqimiz manaviyatini yuksaltirishdek ezgu maqsad mujassam. Keyingi yillarda  buyuk allomalarimiz merosini oʻrganish, ziyoratgohlarni obod etish va ularning nomini abadiylashtirish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bevosita muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari, bevosita etiborlari va shaxsiy nazoratlari ostida amalga oshirilmoqda.

Oxirgi oʻn yilliklarda imom Buxoriy hazratlarining muhtasham majmuasi misli koʻrilmagan tarzda yangicha koʻrinishda bunyod etilib musulmonlarga hadya etildi. Islomda «Quroni karimdan keyingi birinchi manba» deya sharaflangan va Paygʻambarimiz Muhammad alayxissalomning muborak hadisi shariflari jamlanmasi  boʻlmish «Sahihi Buxoriy» asarining muntazam xatm qilish ananasi yoʻlga qoʻyildi. Hadis maktabi oliy talim dargohiga (institut) aylantirildi. Bundan tashqari imom Buxoriy tugʻilgan Buxoro shahridagi Mir-arab madrasasi Mir-arab oliy mahadi (institut) aylantirildi.Imom Buxoriy ordeni tasis etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.Mukofotlanganlarni orasida  Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi»Arab tili va adabiyoti al-Azhar» kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandilar.

Xabaringiz bor. Oʻtgan yaqin kunlarda yurtimiz «Tinchlik, bagʻrikenglik va ilm-marifat yoʻli» mavzusidagi juda katta forumga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli anjumanga dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan  ziyod olimlar, muftiylar,ulamolar va xalqaro ekspertlar tashrif buyurdilar.Bu esa yurtimizda etishib chiqqan buyuk muhaddis va allomalar merosi nafaqat xalqimiz,balki butun islom olami va jahon ilm ahli tomonidan yuksak etirof etildi.

Asrlar muqaddam Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Dorimiy kabi  ajdodlarimiz ilm izlab yurtimizdan dunyoga chiqqan boʻlsalar bugun dunyo olimlari aynan ularning merosini oʻrganish uchun yurtimizga kelmoqdalar.

Bunday nufuzli anjumanlarning yurtimizda oʻtayotgani Alloh taolo ato etgan tinchlik va osoyishtalik nematining samarasidir.

Alloh taolo yurtimizdan etishib chiqqan buyuk muhaddis va ulamolarimizni Oʻzining beadad rahmatiga noil aylasin.

Qalblarimizda ilmga muxabbat, sunnatga sadoqat va solih ajdodlarimizga  xurmat,  ularga munosib boʻlish xissini ziyoda etsin.

Ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi 

Tursunov Fayzulloh

Load More In МАҚОЛАЛАР