ОДОБ СИЙРАТ RUZADORLARGA IFTOR QILIB BERISH 2 июня, 2025 0 64 #Sunnatlarning_fazilati Och qolgan insonni to‘ydirishingiz qanday ham yaxshi amal, lekin ushbu och qolgan odam ro‘zador bo‘lsa, undan ham yaxshidir. Biz iftor qilib beradigan ro‘zador odam faqir bo‘lishi shart emas. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu sunnatning ajri nihoyatda katta ekanini xabar berganlar. Zayd ibn Holid Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim bir ro‘zadorga iftor qilib bersa, o‘sha ro‘zadorning ajridan hech narsa kamaytirilmagan holda unga ham o‘sha (ro‘zador) kabi ajr bo‘ladi» (Imom Termiziy rivoyati) Endi biz iftor qilib bersak, qancha savob olamiz? O‘sha ro‘zadorning ajri qancha? Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Kim Alloh uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh uning yuzini yetmish kuz (yil) do‘zaxdan uzoqlashtiradi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati) Bir ro‘zadorni taomlantirish orqali oladigan savobingiz shu qadar — tasavvur qiling! Siz bir necha so‘m sarflab oddiy iftor qilib berishingiz shunday ajr-mukofotga ega bo‘lishingiz qanday ham go‘zal-a!? Chunki bu sunnati nabaviyadir! Shiorimiz — Alloh taoloning ushbu so‘zini unutmang: «Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topursiz» (Nur surasi, 54-oyat) «Sunnatlarning fazilati» kitobidan.