RAHBARIYAT 📚 “ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY” 20 сентября, 2026 0 8 «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ta’lim muassasasi rahbari Rustamjon domla Maxmudov ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy va mazmunli suhbat olib bordi. Suhbat davomida ilmning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, yoshlarning vaqtni qadrlashi, mutolaa va izlanishni hayotiy mezonga aylantirishi, olgan bilimini jamiyat va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qildira olishi muhim ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning oldida turgan ulkan imkoniyatlar, zamonaviy bilimlarni puxta egallash, ma’naviy kamolotga intilish hamda kelajak oldidagi mas’uliyat haqida qimmatli tavsiya va nasihatlar bildirildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.