Fotiha surasi tafsiri

0
149

3- (ٱلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ • ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ)

“Olamlarning Robbi” degan vasfda qo‘rqituv borligi sabab, undan so‘ng umid uyg‘otuvchi “Mehribon va rahmli” sifatlarini zikr qildi. Natijada, Allohning sifatlarida Undan qo‘rqish va umid qilish jam bo‘ldi.

4 – (مَٰلِكِ يَوْمِ ٱلدِّينِ)

مَٰلِكِ so‘zi to‘rt xil tarzda مَالِكِ (Māliki), مَلِكِ (Maliki), مَلِكْ (Malik) va مَلِيكِ (Malīk) tarzida o‘qiladi. Agar qanday qilib oyatda “jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir” deyildi, vaholanki qiyomat hali mavjud emas-ku? Qanday qilib Alloh O‘zini yo‘q narsaning egasi deb sifatladi, deyilsa, javob beriladiki, مَالِك so‘zi مَلَكَ — “ega bo‘ldi” fe’lining ismi fo‘ilidir. Arab tilida ismi fo‘il o‘zidan keyin keladigan narsaga izofa qilinishi mumkin. Shunda ushbu so‘z kelasi zamon fe’li ma’nosini anglatadi. Va bu arablar nazarida to‘g‘ri va ma’qul so‘z bo‘ladi.

Buning misoli: “U ertaga Zaydni uruvchidir” gapidir. Ushbu gapdagi “uruvchidir” degani — ertaga uradi ma’nosidadir.

Buning ikkinchi javobi shuki, oyatda “Egasi” so‘zining ta’vili qudrat ma’nosidadir. Ya’ni Alloh taolo qiyomat kunida qodir Zotdir. Yoki Alloh taolo qiyomat kuni va undagi hodisalarga qodir Zotdir. Chunki bir narsaning egasi degani — unga qodir va uni tasarruf etuvchi deganidir. Alloh taolo barcha narsalarning Egasi va ularni O‘z irodasiga ko‘ra tasarruf etuvchisidir.

ٱلدِّينُ — bu amallarga yarasha jazo yoki mukofot hamda hisob-kitob deganidir. Ibn Abbos, Ibn Mas’ud, Ibn Jurayj va Qatodalar shunday deyishgan. Hadisda:

«الكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ»

(“Kim o‘zini hisob-kitob qilsa…”)

deyilgan va ushbu دَانَ fe’li hisob-kitob ma’nosida ishlatilgan. (davomi bor)

 

Ta’lim muassasi mudiri

Rustamjon domla Maxmudov

Load More In ҚУРЪОН ИЛМЛАРИ