🏆“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ…” MAQOLALAR TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

0
11

#MaqolalarTanlovi #Maxdumuz

 

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talaba-yoshlari o‘rtasida maqolalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda talabalar Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, istiqlolning qadr-qimmati hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘z maqolalarida keng yoritdilar.

📜Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🎉G‘oliblarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yagona Vatan, yagona xalq — yagona maqsad sari!

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN