Buyuk imom — Abu Hanifa rohmatullohi alayh

0
1,346


Imom Abu Hanifa rahimahullohning to‘liq ismlari No‘mon ibn Sobit ibn No‘mon ibn Marzubon bo‘lib, kunyasi Abu Hanifa
Rivoyatlarga ko‘ra, u zot hijriy 80-yilda Kufa shahrida tavallud topganlar. Imom Abu Hanifa rahimahulloh fiqh ilmida yuksak maqomga ega bo‘lgan ulug‘ imomlardan biridir.
U zotning otalari Sobit ibn Zutiy bo‘lib, ayrim tarixiy manbalarda u kishining kelib chiqishi Xuroson yoki hozirgi Afg‘oniston hududidagi Qobul shahridan.
Imom Abu Hanifa rahimahullohning to‘liq ismlari No‘mon ibn Sobit ibn No‘mon ibn Marzubon bo‘lib, kunyasi Abu Hanifa
Rivoyatlarga ko‘ra, u zot hijriy 80-yilda Kufa shahrida tavallud topganlar. Imom Abu Hanifa rahimahulloh fiqh ilmida yuksak maqomga ega bo‘lgan ulug‘ imomlardan biridir.
U zotning otalari Sobit ibn Zutiy bo‘lib, ayrim tarixiy manbalarda u kishining kelib chiqishi Xuroson yoki hozirgi Afg‘oniston hududidagi Qobul shahridan.
Ilmdan uzoq bo‘lgan ayrim kishilar bugungi kunda Imom Abu Hanifa rahimahullohning mazhablariga ergashgan insonlarga ta’na toshlari otishadi. Ular: «Sen Abu Hanifaga ergashasanmi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga va Qur’onga ergashasanmi?» kabi ta’nali savollarni berishadi.
Agar bunday kishilar ozgina tafakkur qilib, insof ko‘zi bilan qarasalar, Imom Abu Hanifa rahimahullohning mazhablari Qur’on va Sunnat asosida qurilganini, dalil va hujjatlari nihoyatda kuchli ekanini anglab yetgan bo‘lar edilar. Shuningdek, ular u zotningmazhablari sahobalarning ulug‘ faqihlaridan biri bo‘lgan Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning bulogʻidan suv ichganini anglab yetgan bo‘lardilar.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu haqida Hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar<
Avvalgi payg‘ambar alayhissalomlarning har biri bilan yettiga do‘sti bo‘lgan. Alloh taolo menga oʻn toʻrtga yaqin dost ato etdi».
Nabiy alayhissalom ana oʻsha oʻn toʻrt kishining orasida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ham zikr qilganlar. Bu esa u zotning sahobalar orasidagi ilmiy va ma’naviy martabalari naqadar yuksak bo‘lganini ko‘rsatadi.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning eng yaqin va mashhur shogirdlaridan biri Alqama rahimahullohdir. U zot «Faqihul-Iroq» nomi bilan mashhur bo‘lganlar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu u kishi haqida:
«Men nima o‘qisam, Alqama ham shuni o‘qiydi», — deb e’tirof etganlar.
Alqama rahimahullohning eng mashhur shogirdlaridan biri Ibrohim an-Naxa’iy rahimahullohdir. U zot ham «Faqihul-Iroq» nomi bilan shuhrat qozonganlar. Ibrohim an-Naxa’iy rahimahulloh yoshlik chogʻida Oisha rodiyallohu anhoning hizmatida boʻlgan.
Ibrohim an-Naxa’iy rahimahullohning mashhur shogirdlaridan biri Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahulloh bo‘lib, u zot Iroqning yetuk faqihlari va zabardast olimlaridan biri sifatida tanilganlar. Hammad rahimahulloh Ibrohim an-Naxa’iy rahimahullohdan uzoq yillar davomida ta’lim olganlar hamda Imom Sha’biy rahimahulloh kabi ulug‘ olimlardan ham ilm olgan.
Abdulmalik ibn Iyos Shayboniy aytadi
Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahulloh esa Imom Abu Hanifa rahimahullohning ustozi boʻlgan. Imom Abu Hanifa rahimahulloh o‘z ustozlari haqida doimo hurmat va ehtirom bilan so‘zlaganlar hamda ulardan olgan ilmni ummatga yetkazganlar
Imom Abu Hanifa rahimahulloh Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahullohning huzurlarida ta’lim olayotgan davrlarida boshqa tobein olimlaridan ham ilm istifoda qilganlar. Xususan, fiqh ilmidagi yetukligi va sahobalar bilan ko‘p suhbatda bo‘lganligi bilan mashhur bo‘lgan ko‘plab tobeinlardan ta’lim olganlar.
Shuningdek, u zot Hazrati Umar, Hazrati Ali, Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumlarning shogirdlaridan fiqh ilmini o‘rganganlar. Shu tariqa Imom Abu Hanifa rahimahulloh sahobalarning ilmiy merosini ishonchli silsila orqali qabul qilganlar.
Ustozlari Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahulloh hijriy 120-yilda vafot etganlar. Shundan keyin Imom Abu Hanifa rahimahulloh Kufa fiqh maktabining yetakchi olimlaridan biri sifatida tanilib, ilm va fatvo ishlarini davom ettirganlar
Zufa ibn Xuzayl rahimahullohdan rivoyat qilinishicha, Imom Abu Hanifa rahimahulloh Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahullohning huzurlarida o‘n sakkiz yil davomida ilm tahsil qilganlar. Imom Abu Hanifa rahimahulloh ustozlari Hammad rahimahullohning darslariga qatnasha boshlaganlarida yigirma bir–yigirma ikki yoshlar atrofida edilar. Hammad rahimahulloh hijriy 120-yilda (ba’zi rivoyatlarda 119 yoki 120-yil deb keladi) vafot etganlarida esa Imom Abu Hanifa rahimahullohning yoshlari qirqga yaqinlashgan edi.
Shu tariqa Imom Abu Hanifa rahimahulloh Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan boshlangan, Alqama, Ibrohim an-Naxa’iy va Hammad ibn Abu Sulaymon rahimahullohlar orqali davom etgan mustahkam ilmiy silsila orqali fiqh ilmini egallaganlar. Bu silsila Qur’on va Sunnatga tayangan eng kuchli ilmiy maktablardan biri hisoblanadi.
[17.06.2026 21:57] Abdulloh: Imom Abu Hanifa rahimahulloh o‘z zamonalarida ilmlari, taqvolari va zakovatlari bilan katta e’tirofga sazovor bo‘lganlar. U zot haqida zamondoshlari va keyingi avlod olimlari ko‘plab maqtovli so‘zlar aytganlar.
Ja’far ibn Rabiy’ah rahimahulloh shunday deydilar:
«Men besh yil davomida Abu Hanifa rahimahullohning suhbatlarida bo‘ldim. U zotdek kamgap insonni ko‘rmaganman. Ammo fiqhiy bir masala so‘ralganda, go‘yo toshib oqayotgan daryodek so‘zlar, ilm va hikmat bilan javob berardilar. Ovozlari ham nihoyatda ta’sirchan edi.»
Zamondosh ulamolaridan Malih ibn Vaki’ rahimahulloh aytadi
«Abu Hanifa nihoyatda ishonchli, jasur va Allohning roziligini har narsadan ustun qo‘yadigan inson edilar. Alloh u kishini O‘z rahmatiga olsin va ulardan rozi bo‘lsin. U zot nihoyatda solih kishi edilar.»
Hadis ilmida yuksak maqomga ega bo‘lgan Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh esa shunday deganlar:
«Asar va hadislarni chuqur tushunishda Abu Hanifaga ehtiyoj bor. Ulamolar fiqhda bo‘lgani kabi hadisni fahmlashda ham Abu Hanifaning ilmiga muhtojdirlar.»

Ta’lim muassasasi 2-kurs

92-guruh talabasi Mahmudjonov Abdullohjon

Load More In МАҚОЛАЛАР