Ma’rifat va xotira uyg‘unligi

0
71

Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida diniy soha tizimida ulkan xizmatlar qilgan ulug‘ zot — Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🕌 Ushbu ma’rifiy uchrashuvni muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari N.Jamolov hamda muassasa mudarrisi E. Rahimov olib bordilar.

📖 Davra suhbati davomida shayx hazratlarining ilmiy-ma’naviy merosi, din ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar uchun bu uchrashuv katta ibrat va ma’naviy ozuqa bo‘ldi.

💻Ta’lim muassasasi matbuot xizmati

Load More In ЯНГИЛИКЛАР