BILIM YURT HAYOTIDAN 🎓📚 «TALABALIK — KELAJAK POYDEVORI» 21 ноября, 2026 0 82 ✨ 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Talabalik — kelajak poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 👥 Tadbirda ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov, o‘qituvchi-pedagoglar hamda talabalar ishtirok etdi. 📖 Tadbir davomida talabalik davrining inson hayotidagi o‘rni, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ilm olish yo‘lidagi mas’uliyat kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 🎙 Xususan, ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov yoshlarga puxta bilim egallash, ustozlar sabog‘idan unumli foydalanish, odob-axloq va yuksak ma’naviy fazilatlarni o‘zida mujassam etish muhimligini ta’kidladi. 👨🏫 O‘qituvchi-pedagoglar tomonidan ham ilm talab qilishning fazilati, ustoz va shogird munosabatlarining qadri, vaqtning bebaho ne’mat ekani hamda bugungi yoshlarning ertangi kun oldidagi mas’uliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 🎉🎊 Barcha talabalarni Xalqaro talabalar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda va yorqin istiqbol tilaymiz. 📸Ta’lim muassasasi matbuot xizmati