BILIM YURT HAYOTIDAN «OGOHLIK VA HUSHYORLIK — DAVR TALABI» 19 ноября, 2026 0 47 “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Ogohlik va hushyorlik — davr talabi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligining muhim sharti” mavzusida axborot va murabbiylik soati tashkil etildi. Tadbirda tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekani, bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ogoh va hushyor bo‘lishi, turli yot g‘oyalar hamda zararli axborotlar ta’siridan saqlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔹 Shuningdek, talabalarda mustaqil fikrlash, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. ✨ Zero, ogohlik va hushyorlik — tinch va farovon hayotimizning muhim kafolatidir. 🎥 Ta’lim muassasasi matbuot xizmati