ЯНГИЛИКЛАР USTOZ — QALBLAR ME’MORI 20 сентября, 2026 0 14 #Ustozlar_kuni #Ehtirom #Ilm_va_Ziyo #Vaqf ⏺️ 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida aziz ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatishga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Yosh avlod qalbiga ilm-ma’rifat ziyosini singdirib, ularni yuksak axloq, odob va ezgulik ruhida tarbiyalash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ustozlarni qadrlash va e’zozlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. ⏺️ Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ta’lim muassasamiz ustoz va xodimlariga bayram tuhfalari taqdim etildi. Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, ta’lim muassasasi direktori Rustamjon domla Maxmudov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi Andijon bo’limi rahbari Xayrulloh domla Sulaymonov va muassasasi jamoasi ishtirok etdilar. ⏺️ Ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash maqsadida: 💼 8 nafar fidoyi mudarrisga moddiy yordam pullari; 🎁 36 nafar mudarris va xodimga bayramona oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari taqdim etildi. 🗣 “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi jamoasi ilm va ma’rifat yo‘lida xizmat qilayotgan ustozlarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, g‘amxo‘rlik va saxovat uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariyati hamda barcha mutasaddilarga samimiy minnatdorlik bildiradi. 🤲 Alloh taolo ustozlarimizning ilm-ma’rifat yo‘lidagi xizmatlarini ziyoda, mehnatlarini samarali va barakali qilsin. Qilayotgan barcha xayrli ishlarini O‘z dargohida qabul aylasin! 🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ustozlar!