DAVLAT TILI — MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI

0
14

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Davlat tili — ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi O‘tkirbek Muhammad Sobir ishtirok etdi.

✨ Mazkur uchrashuv ona tilimizga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini yuksaltirish, uning bebaho ma’naviy xazinasini yosh avlodga targ‘ib etish hamda talabalarni tilimizni asrab-avaylashga undashga qaratildi.

📜 Tadbirdagi munosib ishtiroki uchun mehmon muassasa tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌿 Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zligimizga, tariximiz va kelajagimizga ehtiromdir!

🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN