SHUKRONALIK — OLIY FAZILAT

0
13

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Shukronalik — oliy fazilat” mavzusida axborot va murabbiylik soati o‘tkazildi.

✨ Shukronalik — berilgan ne’matlarni anglash, ularning qadriga yetish va ulardan ezgu maqsadlarda foydalanishdir. Tinchlik-osoyishtalik, salomatlik, oila mehr-muhabbati hamda ilm olish imkoniyati — har biri shukrga munosib bebaho ne’mat.

🌱 Shukr faqat tildagi e’tirof bilan cheklanmaydi. Vaqtni foydali o‘tkazish, ilm olishga intilish, ota-onaga yaxshilik qilish va insonlarga manfaat yetkazish ham shukronalikning amaliy ifodasidir.

🤲 Ne’matning qadriga yetaylik, shukrimizni ezgu amallar bilan namoyon etaylik!

Ta'lim muassasasi matbuot xizmati

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN