BILIM YURT HAYOTIDAN “IMOMLIK YO‘LIDAGI MUHIM SABOQLAR” 22 октября, 2026 0 18 “SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Odob-axloq va muomala madaniyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🕌🤝 Uchrashuvda Andijon shahar “Chinor” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmon domla Artikov, muassasa TTJTP A. Rasulov hamda uslubchi E. Raximov ishtirok etdilar. 💬📖 Davra suhbati davomida imomlikning sharafli va ayni paytda ulkan mas’uliyat talab etadigan vazifa ekani, imomning jamiyat ma’naviy hayoti, yoshlar tarbiyasi hamda xalq orasida sog‘lom diniy-ma’rifiy muhitni shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi. 🌱🎓 Shuningdek, talabalarga kelgusidagi faoliyatlarida ilmga tayanish, mas’uliyat bilan ish tutish, hushyorlikni saqlash hamda insonlar bilan go‘zal muomala qilish borasida foydali tavsiya va nasihatlar berildi. 🎥 Ta’lim muassasasi matbuot xizmati