BILIM YURT HAYOTIDAN DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI 22 октября, 2026 0 22 “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari dual ta’lim dasturi doirasida qaytaruv tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar. 📚 Mazkur jarayon davomida talabalar ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, aholiga ma’rifiy tushuntirishlar berish, profilaktik va targ‘ibot tadbirlarida qatnashish orqali o‘z kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar. ✅ Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarda mas’uliyat, muloqot madaniyati va jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularni kelgusidagi faoliyatiga puxta tayyorlashga xizmat qilmoqda. 🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati