BILIM YURT HAYOTIDAN 📚 KITOBLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI 📚 22 октября, 2026 0 22 “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida “Risola nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 📖 Taqdimot davomida nashriyot tomonidan chop etilayotgan arab tilidagi darslik va manbalar, ularning mazmun-mohiyati hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 🔎📚 Ishtirokchilar yangi nashrlar bilan yaqindan tanishib, kitoblarning ilmiy va uslubiy jihatlari xususida fikr almashdilar. 🌱📘 Bunday uchrashuvlar talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmiy manbalardan samarali foydalanish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. ✨ Kitob — ilm va ma’rifat sari ochilgan eshik! 📖 🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati