BILIM YURT HAYOTIDAN “RASULULLOHDA SIZLAR UCHUN GO‘ZAL NAMUNA BOR” 22 октября, 2026 0 15 Siyrat fani oyligi doirasida “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Rasulullohda sizlar uchun go‘zal namuna bor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning ibratli hayot yo‘llari, yuksak axloqlari, insonlarga bo‘lgan mehr-shafqatlari hamda yoshlar tarbiyasidagi buyuk namunalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbir talabalarda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam siyratlarini chuqurroq o‘rganish, u zotning go‘zal fazilatlarini hayotga tatbiq etishga bo‘lgan intilishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati