«PREZIDENT MAKTUBINING MAZMUN-MOHIYATI TALABALARGA YETKAZILDI»

0
37

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub”ining mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi.

🗣 Tadbir davomida maktubda o‘z ifodasini topgan ilm-ma’rifatga intilish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlar merosiga hurmat hamda kelajak oldidagi mas’uliyat kabi yuksak fazilatlar xususida so‘z yuritildi.

📖 Shuningdek, maktubda mujassam bo‘lgan hayotiy o‘gitlar va tarbiyaviy fikrlarning yosh avlod ma’naviy kamolotidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🎥 Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati

Load More In ЯНГИЛИКЛАР