ЯНГИЛИКЛАР Bilim yurti diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. 9 февраля, 2023 0 320 2023-yilning 7- fevral kuni Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom bilim yurti yigʻilishlar oʻtkazish zalida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi xodimlari hamda bilim yurti mudarris va xodimlar ishtirokida Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Arziyev Rahmatulloh Burhonivich va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyatidagi vakili,viloyat bosh imom-xatibi Mirzomaqsud domla Alimov tomonidan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilish Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.Yigʻilish davomida soʻz olgan Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Arziyev Rahmatulloh Burhonivich va viloyat bosh imom-xatibi Mirzomaqsud domla Alimovlar 2022- yil davomida viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan diniy soha xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 2023- yil davomida diniy soha xodimlari oldida turgan vazifalar xaqida gapirib, ish samaradorligini oshirish boʻyicha oʻz koʻrsatma va tavsiyalarini berib oʻtdilar. Yigʻilish ochiq muloqot tarzida tashkil etilib ishtirokchilar kun tartibidagi masalalarga oʻz fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Bilim yurti matbuot xizmati.