FIQH MAQOLALAR Mas’h tortish mo’tabar bir sunnatdir 1 ноября, 2024 0 939 «Mas’h qilish (ya’ni, mahsi ustiga hozirda yoki safarda mas’h tortish ) — Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan yetib kelgan sunnatdir (ya’ni mutavotir sunnatdir). Hanafiy mazhabiga ko’ra, mas’h qilish – tahoratda oyoqni yuvish o’rniga maxsus shartlar asosida oyoqqa kiyilgan maxsiga nam qo’l bilan ustidan silash (mas’h) qilishdir. Bu amal safar yoki uyda bo’lganda ham ma’lum hollarda ruxsat etilgan amaldir. Mas’h qilishning shartlari: 1. Maxsi to’g’risidagi shartlar: Maxsi suv o’tkazmasligi lozim. Ya’ni, maxsi nam bo’lganda suvni ichkariga o‘tkazmasligi kerak. Maxsi to’piqlarni yopishi kerak. To’piqlarni qoplamagan maxsi ustidan mas’h qilish joiz emas. Maxsi qalin va chidamli bo’lishi kerak. Maxsi juda yupqa yoki tez yirtiladigan bo’lsa, u ustiga mas’h qilish joiz emas. Maxsini kiygunga qadar tahoratli bo‘lish. Tahoratli holda maxsi kiyilishi shart. 2. Mas’h muddati: Uyda bo‘lgan kishilar uchun – 24 soat muddat davomida mas’h qilish joiz. Safarda bo‘lgan kishilar uchun – 72 soat davomida mas’h qilish mumkin. 3. Mas’hni qanday amalga oshiriladi: Nam qo‘lning uch barmog‘i bilan maxsining old qismini (oyoq barmoqlarining yuqori qismini) to to‘piq tomoniga qarab bir marotaba silab o’tiladi. Mas’h faqat oyoqlarning yuqori (yuza) qismiga qilinadi, pastki yoki yon tomonlariga mas’h qilinmaydi. 4. Mas’hning buzilishi: Agar maxsi oyoqdan yechilsa yoki oyoqqa suv tegsa (masalan, yuvilib ketsa), mas’h buziladi Maxsi kiyganda oyoqning bir qismi ochilib qolsa yoki maxsi 3 barmoq sig‘adigon darajada yirtilsa, mas’h buziladi. 5. Mas’hni buzadigan holatlar: Mas’h qilish uchun belgilangan muddat tugagach oyoqni yuvish kerak. Mas’h qilingan maxsi butunlay yoki bir qismi yechilsa, tahorat buziladi Mas’hning ruxsat berilgan holatlari: Mas’h qilish tahoratni yengillatish maqsadida ruxsat etilgan bo‘lib, bu safarda yoki uyda muayyan sharoitlar bilan bog’liq. Safar paytida yoki sovuq iqlimlarda oyoqlarni yuvishning qiyinligi tufayli mas’h qilish rahmat va osonlik bo‘lib berilgan. Hanafiy mazhabida bu amal sunnatga ko‘ra qabul qilingan va tahoratni saqlab qolish va poklikka rioya qilishda osonlik yaratadi. Manbaalar asosida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Suyarov Akramxon tayyorladi