MАЪНАВИЯТ РУКНИ Beruvchi qo’l bo’ling… 31 марта, 2026 0 63 Olish zavqini ko‘pchilik biladi, his qiladi. Lekin berishning zavqini faqat buyuklar va yuksak axloqli kishilargihan anglaydilar va his qiladilar. Zamonamiz islom olimlaridan biri shunday deydi: “Men bu hayotdan juda ko’p narsa oldim, ya’ni berdim”. Ba’zan berish va olish o’rtasidagi farqni anglash biroz qiyin kichadi. Chunki bu amallar paytidagi tuyg’u inson ruhiy olamida bir ma’noni ifoda qiladi. Har gal berganimda aslida olgan bo’laman. Chunki men bergan vaqtda his qilgan tuyg’u, xursandchilik olganlarning quvonchidan kam bo’lmaydi. Berishning quvonchi olishning zavqidan ko’ra ulkanroqdir. Avvalo siz shu paytda vijdoningiz va hislaringizga o’zingiz egalik qilasiz. Olish esa cheklangan va moddiy asosli his-tuyg’u. Jorj Bernard Shou shunday deb aytadi: “Hayotning haqiqiy zavqi – huddi dunyo uni baxtli qilishga o’zini bag’ishlashi kerak-ku, lekin dunyo shunday qilmayapti deb noliyveradigan mavjudotga aylanib qolishdan ko’ra, kuchingizni boshqalar manfaati yo’lida sarflashingizdir”. Bizlardan birimiz doimiy ravishda Alloh uchun beirb kelsa, ya’ni, sadaqotlar bersa, ehsonlar qilsa. Biroz muddatdan keyin u o’zida olamlar Rabbisining go’zal ismlari va oliy sifatlarining ba’zisi hosil bo’lganini his qiladi. Bu sifatlar saxiylik, sadaqotlar qilish va karamli bo’lish. Rabb taolo bandalari orasdian bir bandasini O’zining go’zal sifatlari ila sifatlab qo’yishidan ham ulkanroq baxt bormi?! Saodatli hayot kechirish sirlaridan biri ham beruchi qo’l bo’lishdir. Bu amal esa Allohga eng yaqinlashtiruvchi amallardan hisoblanadi. Mana shu birgina beruvchi qo’l sizni yolg’onga to’la moddiyat olamidan bepoyon, sof ruhoniyat olamiga o’tqazib qo’yishga qodir. Ya’ni inson beruvchi qo’l bo’lsa moddiy olamda hech qachon his qila olmaydigan tuyg’ularni boshdan o’tkazadi. Chunki nafs to’plashni va ko’paytirishni yaxshi ko’radi. U uchun infoq-ehson qilish juda muhol ish hisoblanadi. Modomiki, siz agar saxiy va ochiqko’ngil bo’lishda davom etarkansiz siz dunyo va oxiratda yuksak martabalarga eng haqli insonsiz. Faqatgina moddiyatni o’ylaydigan aql uchun insonlarga baxt ulashish, ularga saxovat ko’rsatish tuyg’usini anglamaydi. Shu sababdan ham men “beruvchi qo’l” bo’lgan kishilarni hayotimizga mazmun ulashuvchi kishilar va inson ko’rinishidagi farishtalar desam mubolag’a qilmagan bo’laman. Saxovat egalari har bir zamonning qahramonlari va har davrning timsoli bo’lib kelishgan. Ular kerak bo’lsa mollarini fido qilib, shu bilan mamnun bo’lib o’zlarini ham qurbon qiladilar. Ular boshqalarning rohatini o’zlarining rohatlari va xotirjamliklaridan ustun qo’yishgan… Siz ularni siymolaridan taniysiz…Ularning qalblari ham xotirjam…Chunki ular qalblar egasini rozi qlish uchun harakatdalar… Yana siz ularni yuzlaridagi iymon nuri balqigan tabassumlaridna taniysiz…Ularning nafslari-da xotirjam… Eslatma: Ko’z oldingizda uning hayosini yalang’och holda ko’rmaslik uchun berayotganingizdan orqa o’girishni unutmang! (Jubron Xalil Jubron) «Fursat» kitobidan