Bugun, 2024-yil 24-dekabr sanasida talabalarga qishki taʼtil oldidan kerakli tavsiyalarni berish, hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalarida talabalarning qishki taʼtil muddatini belgilash hamda taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berish borasidagi buyrugʻini yetkazish maqsadida bilim yurti barcha mudarris va talabalar uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov, Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Qahramonjon Isroilov, “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi ” Abdulloh domla Rasulov, guruh rahbarlari, ustoz va talabalar qatnashdi. Yigʻilishda qishki taʼtilga ketish oldidan talabalarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishlari, noqonuniy ishlarning har qanday turi bilan shugʻullanmaslik boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. Yigʻilish davomida bilim yurti yotoqxonasidagi ortiqcha buyumlar olib ketilishi u yerda tozalash ishlari olib borilishi, va dezinfeksiya qilinishi aytib oʻtildi. Tadbir soʻngida bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov talablarni uylariga salomat yetib borib, ota-onalarini va yaqinlarini xizmatini qilib, bemorlari shifo topib, oʻqishga yuqori kayfiyatda qaytishlarini tilab duo qildi.