Ilm, tafakkur va ijod uyg‘unligi

0
14

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar o‘rtasida kecha 21-oktyabr «O’zbek tili —bayrami kuni» munosabati “Ijodiy raqobat” maqolalar va insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚 Talabalar o‘z ijodiy ishlarida Vatanga muhabbat, yurt tinchligi, ma’naviy yuksalish va jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik kabi ezgu g‘oyalarni yoritdilar.

✨ Mazkur tanlov yoshlarning mustaqil fikrlash, o‘z qarashlarini yozma ravishda ravon ifodalash hamda ijodiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin: 4-kurs talabasi Qamariddinov Abdurahmon;
🥈 2-o‘rin: 4-kurs talabasi Abdumutalibov Muhammadyusuf;
🥉 3-o‘rin: Tolibjonov Bekmurod.

👏 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Barcha ishtirokchilarga ilm olish va ijod yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎥 Ta'lim muassasasi matbuot xizmati

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN