“IMOMLIK YO‘LIDAGI MUHIM SABOQLAR”

0
15

“SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Minbarda so’z sehri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🕌🤝 Uchrashuvda Andijon shahar “Xoliqberdiboy” jome masjidi imom-xatibi Ulug’bek domla Nazirov, muassasa TTJTP A. Rasulov ishtirok etdilar.

💬📖 Davra suhbati davomida imomlikning sharafli va ayni paytda ulkan mas’uliyat talab etadigan vazifa ekani, imomning jamiyat ma’naviy hayoti, yoshlar tarbiyasi hamda xalq orasida sog‘lom diniy-ma’rifiy muhitni shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.

🌱🎓 Shuningdek, talabalarga kelgusidagi faoliyatlarida ilmga tayanish, mas’uliyat bilan ish tutish, hushyorlikni saqlash hamda insonlar bilan go‘zal muomala qilish borasida foydali tavsiya va nasihatlar berildi.

🎥 Ta’lim muassasasi matbuot xizmati

▶️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN