БИЛИМ ЮРТИ ЯНГИЛИКЛАР O’quv seminar tashkil etildi. 3 января, 2025 0 195 Bugun 2025-yil 3-yanvar kuni O’zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 6-dekabr kunidagi 01A/125- sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida ilk o‘quv seminar mashg’ulotlari o’tkazildi. O’quv seminar mashg’ulotida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasa xodimlari oldida turgan dolzarb masalalar, yechimlar va istiqbolli rejalar» mavzusida ma’ruza qildi. Ta’lim muassasa mudiri ma’ruza davomida ta’lim sifatini yanada oshirish uchun kerak bo’ladigan dolzarb masalalarni bayon qilib o’tdi. Ta’lim muassasasi matbuot xizmati