PULLIK KURSLAR “Radikallashuvni oldini olish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish” fani doirasida “Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati” mavzusida ma’rifiy dars tashkil qilindi. 21 ноября, 2025 0 154 #Tajvid_kursi #RadikkalashuvniOldiniOlish 📚 “Qur’oni karim va tajvid” kursi tinglovchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi 🌙 ✳️ “Radikallashuvni oldini olish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish” fani doirasida “Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati” mavzusida ma’rifiy dars tashkil qilindi. 🗣️ Mazkur mashg‘ulotni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Nodirbek domla Jamolov olib bordilar. 💻 Dars davomida internet va ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish, ishonchli manbalarni ajrata bilish, radikal g‘oyalarga berilmaslik hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yoritildi. 🕌 Ushbu dars “Qur’oni karim va tajvid” pullik kursi tinglovchilari uchun tashkil etilib, ular mavzuga oid foydali ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar oldilar. Tadbir yakunida tinglovchilar o‘z fikr va savollarini bildirib, faol ishtirok etdilar. 🌐 Maxdum.uz —diniy maʼrifiy