SALOMLASHISH — GO‘ZAL MUOMALANING DEBOCHASI

0
10

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Salomlashish fazilati va muomala madaniyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Suhbat davomida salomlashishning insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, hurmat va samimiyatni mustahkamlashdagi o‘rni, shuningdek, chiroyli muomala va yuksak odobning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

🌿Tadbirda muassasa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari N.Jamolov va muassasa xodimlari ishtirok etdilar. Talabalarga salomni yoyish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, suhbatdoshga e’tiborli bo‘lish hamda har qanday vaziyatda xushmuomalalikni saqlash borasida tavsiya va nasihatlar berildi.

🎥 Ta’lim muassasasi matbuot xizmati

Load More In BILIM YURT HAYOTIDAN