MAQOLALAR Ahlu sunna val-jamoa asosi sifatida hadislarni to’plash va tasniflash 5 марта, 2023 0 145 Islom dini birinchi asrlarda hadislarning ko‘pini yoddan yodlash va og‘zaki yoyish yo‘li bilangina yoyilganligi sababli: Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari o‘z shogirdlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ishlarini aytib berishgan, ular buni yod olishgan va o’z shogirdlariga yetkazishgan. Islom dini tarqalishi bilan Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari xalifalikning turli hududlariga tarqala boshladilar, ularning umumiy soni kamayib bordi, shuning uchun hadislarni yozib qoldirish zarurati tug‘ildi. Imom Molik al-Muvattoda birinchi hadislar to‘plamini tuzib, ularni fiqh bo‘limlariga ajratgan. Hadislarni naql qiluvchilarning ism-shariflari tamoyiliga ko‘ra tasniflagan to‘plam Imom Ahmad tomonidan tuzilgan. Musulmon ilohiyotshunoslari tomonidan toʻplangan “Ahlu Sunna val Jamoa” hadislarining oltita asosiy toʻplami Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan ikki asr oʻtib yozilgan. Bular olti to‘plam hadislar yoki “Kutub as-sitta” bo‘lib, Ahlu Sunna val jamoada “Sahih oltilik” yoki “As-Sihoh as-sitta” deb ataladi. Ahli sunna val jamoaning Kutub as-sitta’si quyidagilardir: 1.Imom Buxoriyning “Al-Jomi as-Sahih” to‘plami; 2.Imom Muslimning “Al-Jomi as-Sahih” to‘plami; 3.Imom Abu Dovudning «Sunan» to’plami; 4.Imom at-Termiziyning “Jomiy” to‘plami; 5.Imom An-Nasoiyning «as-Sunan as-Sug’ro» to’plami; 6.Imom Ibn Mojaning «Sunan» to’plami. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 78-guruh talabasi Azimov A’zamxon