MAQOLALAR Islomiy tarbiyadagi ba’zi muhim nuqtalar 5 марта, 2023 0 133 Islom urf-odatlari ota-onalarning farzandlariga beradigan eng yaxshi sovg’asi — bu bolani mas’uliyatli, Alloh taolo va u yashaydigan odamlar oldidagi burchini qat’iy bajara oladigan shaxs bo’lib ulg’ayishiga yordam beradigan yaxshi ta’lim ekanligini ta’kidlaydi. Ota-onalar farzandlariga qanday ta’lim berishni rejalashtirayotganda, ularning ko’pchiligi ta’lim insonga yaxshi martaba egasi bo’lishga yordam berishi kerakligiga ko’proq urg’u beradilar, ammo bu ota-onalarga ta’lim turini tanlashda asosiy omil bo’lib qolmasligi kerak. Bolalarning diniy ta’limiga e’tibor berish juda ham muhim, chunki aynan shunday ta’lim bolalarga Islom haqida kerakli bilimlarni beradi, buning asosida bolalar Alloh taolo bilan to’g’ri munosabatlarni qura oladilar va bu nafaqat bu hayotda, balki kelajakda ham muvaffaqiyat kaliti. Islomdagi diniy ta’lim Allohga bo’lgan muhabbatga asoslanadi va bu sevgi bolaning yoshligida ham, katta hayotda ham o’zi va boshqa odamlar bilan tinch-totuv yashashiga yordam beradi. Bu esa unga hayot yo’lida qiyinchiliklarini osonlikcha yengib o‘tishga yordamlashadi, zarur hikmatlarni beradi, farzandlarga ota-ona oldidagi burchini ado etishga, o‘z musulmon jamiyatining munosib a’zosi bo‘lishga ko‘mak beradi. Islomiy tarbiyadagi yana bir eng e’tiborli jihatlardan biri shu-ki farzandlaringiz uchun duo qilishni hech qachon unutmang, chunki muvaffaqiyat va hidoyat faqat Allohdandir. Allohdan solih zurriyotlar, solih farzandlar, iymon va islomda tarbiyalangan, munosib musulmon farzandlar so’rang. Duo misollarini Qur’on va Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislarida topish mumkin. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 78-guruh talabasi Azimov A’zamxon