MAQOLALAR Islom tarixida ayollar ta’limiga bo’lgan e’tibordan iqtiboslar 5 марта, 2023 0 261 Ko’plab musulmon ta’lim muassasalari o’zlarining asos solinishlarida tarixda muhim rol o’ynagan mashhur musulmon ayollardan qarzdor. Ana shunday ayollardan biri Fotima al-Fihriy bo‘lib, u 859 yilda Al-Karauin universitetining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Ibn Asokirning guvohlik berishicha, XII asrda ayollarning ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar mavjud edi: ular ta’lim olish va hatto ilmiy darajaga erishish, olima va o’qituvchi bo’lish huquqiga ega edi. Misol uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari Xadicha onamiz o’z tijoratini boshqargan va Oisha onamiz taniqli muhaddisa bo’lgan, ayollar ta’lim olishga hamda iqtisodiy mustaqillikka intilganlar. Hadislardan birida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam madinalik ayollarni diniy ilmga intilishlari va “hayolari ularning dinlarini o‘rganishlariga to‘sqinlik qilmagani” uchun maqtaganlari haqida hikoya qilinadi. Bu amaliyot o’sha davrning barcha erkaklari tomonidan ham ma’qullanmagan, garchi bunga hech qanday cheklovlar yo’q edi. XV asrda ash-Shaxavining o‘n ikki jilddan iborat biografik lug‘ati nashr etilgan bo‘lib, u to‘liq 1075 nafar olima ayollarga bag‘ishlangan. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 78-guruh talabasi Azimov A’zamxon