MAQOLALAR Nabiy alayhissalomning ummatga mehribonliklari 5 марта, 2023 0 310 Anbiyo alayhimussalom odamlarning dardiga, mashaqqatiga sherik bo‘lar edilar, ularning o‘zidan, ularning g‘am-tashvishidan bezor emas edilar. Anbiyolar o‘z ummatini faqat tergab, koyib, tanbeh berib yuravermagan, balki ularning og’irini yengil qilishgan, dardiga hamdard bo‘lishgan. Rosulimiz sollallohu alayhi vasallam esa o‘z ummatlariga hatto moddiy jihatdan ham kafil bo’lganlar. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rosulloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Men har bir mo‘minga uning o‘zidan ham yaqinman. Kimning qarzi qolgan bo‘lsa, uni ado etish mening zimmamda. Kimning mol-mulki qolgan bo‘lsa, merosxo‘rlariga»(Imom Muslim rivoyati) Qaniydi bu ummatga nisbatan shafqat va mehribonlik borasida ham Nabiy alayhissalomga to’laqonli merosxo’r bo‘la olsak! «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs 82-guruh talabasi Muhammad Zakiy Abdurahmonov