MAQOLALAR INSONLARGA OZOR BERISHDAN SAQLANAYLIK 5 марта, 2023 0 181 Bugungi kunimizda yoshlarning hayoti va tarbiyasiga katta xavf solayotgan turli aqidaparast oqimlarni barcha qoralaydi. Dinimiz ham bunday razil ishlardan qaytaradi. Qur’oni karimda «…Allohni rizqidan yeb- ichinglar, yer yuzida buzg’unchilik qilmangiz.» deyiladi. (Baqara surasi 60-oyat) Shuningdek dinimizda mo’min kishi boshqa hech bir kishiga zarar bermasligi uqtirilgan. Rosululloh sollollohu alayhi va sallam o’zlarining hadisi shariflarida «Qo’li va tili bilan boshqalarga ozor bermagan chin musulmondir» deb marhamat qilganlar. Islom ta’limoti buzg’unchilik, odamlarni orasida fitna chiqarish kabi har xil illatlarni qoralaydi. Ma’lumki, so’ngi yillarda o’zlariga dinni niqob qilib olgan oqimlar va toifalar paydo bo’ldi. Ular o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida jamiyatda buzg’unchilik, begunoh insonlarni qonini nohaq to’kish kabi jinoyatlarni avj oldirib fuqarolar o’rtasida turli xil kelishmovchiliklarni chiqarib, qanchadan-qancha insonlarni tinchliklarini buzmoqdalar vaholanki dinimizda haddan oshishlik, tajovuzkorlik, zo’ravonlik qattiq qoralanadi. Qur’oni Karim Niso surasi 93-oyatida «Kimda kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g’azab qilgay, la’natlagay, yana unga ulkan azob tayyorlab qo’ygay», deb ogohlantirgan. Oyatda nohaq odamni o’ldirishni halol degan e’tiqodda qotillik qilgan kishi borasida qat’iy hukm aytilmoqda. Mana shu kabi ilmsizlikning turli ko’rinishlaridan saqlanmog’imiz, barchalarimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Bilim yurti 4-kurs 70-guruh talabasi O’ktamjonov Muhammad Bilim yurti matbuot xizmati.