Bir-biringizga zulm qilmang

0
181

Bugungi kunda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik yurtimiz taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mustahkam asosi bo’lib kelayotgani maʼlum. Lekin dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida hal etilishi zarur boʻlgan koʻplab muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlar paydo bo’layotgani va buzg’unchi g’oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va xushyorlikni talab etadi.

  Dinimizda insonning hayotiga nohaq tajovuz qilish, o’zini o’ldirish, birovning moli, or-nomusi, aqli va e’tiqodiga zarar yetkazish, zulm qilish qat’iyyan man etiladi.

Jumladan Qur’oni karimda Alloh ta’olo bunday marhamat qiladi:

{ وَمَن یَقۡتُلۡ مُؤۡمِنࣰا مُّتَعَمِّدࣰا فَجَزَاۤؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَـٰلِدࣰا فِیهَا وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَیۡهِ وَلَعَنَهُۥ وَأَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِیمࣰا }

«Kim bir mo’minni qasdan o’ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g’azabi va la’nati yog’ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir.»

[Niso surasi: 93]

 Hadisi sharifda esa quyidagicha rivoyat qilingan.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi uni taxqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo’ymaydi». So‘ng: «Taqvo mana bu yerdadir» deya koʻksilariga uch marta ishora qildilar va «Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir», dedilar.

Imom muslim rivoyati.

Sayyid Muhyiddin maxdum madrasasining 3-kurs 82-guruh talabasi

Tojiddinov Muhammadali

Load More In MAQOLALAR