Islom- ezgulik dini

0
184

Islom dini zulm va zo’ravonlikning har qanday ko’rinishini qat’iy qoralagan. Qur’oni karim “Nahl” surasi, 91-oyatida Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytaradi.

Hozirda “terror” deb atayotgan harakatlar allaqachon islomda “ulkan gunoh”, deb belgilab qo’yilgan. Nosog’lom g’oyalarning urchib ketishiga sabab bo’layotgan internet sahifalaridagi illatlardan yoshlarimizni asrab qolish uchun ta’lim muassasalarida islom dinining dunyoviy-ma’rifiy mohiyatini muqaddas manbalar Qur’oni Karim va Hadislardan kengroq foydalangan holda, ochib berish, din arboblari va mutaxassislarning terrorning islomda umuman mavjud emasligi, islom ma’rifat va ma’naviyat e’tiqodi ekanligini xalqimizga tushuntirish yo’li yaxshi samara beradi.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs 82-guruh talabasi Salimov Saidakbar

Load More In MAQOLALAR