MAQOLALAR «Eng yaxshi kitobxon » tanlovida gʻolib boʻlgan talabalar taqdirlandi. 10 мая, 2023 0 203 2023-yil 8-may kuni Andijon»Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Musulmonlari idorasining 2023-yil 31-martdagi 01A/_43 sonli buyrugʻi ijrosini taminlash maqsadida bilim yurti talabalari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining bilim yurti bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlovni ochiq, shaffof hamda yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida Andijon Davlat universiteti “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchilari filologiya fanlari doktori O.Qoʻchqarov, Z.Mamajonov, katta oʻqituvchisi X.Nurmatovlar taklif etildi. Tanlovda ishtirokchi talabalar 3 ta shart asosida bellashdi. Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra: 1-oʻrinni 3-kurs talabasi Abdusattorov Abduvosil 2-oʻrinni 2- kurs talabasi Xoliqov Jahongir 3-oʻrinni 2- kurs talabasi Abdurahimov Ravshanbek egalladi. Tanlov yakunida gʻoliblarga bilim yurti maʼmuriyati tomonidan Diplom va estalik sovgʻalari hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali tamonidan ajratilgan pul mukofot sertifikatlari topshirildi. Gʻolib boʻlgan talaba 2023 yilning 23-25 may kunlari “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi Respublika bosqichida ishtirok etadi.